“Buzg‘unchi turklar” uyg‘onmoqda

Sport

image

Xabaringiz ayni paytda butun dunyo bo‘ylab milliy terma jamoalar turli yig‘inlarda va rasmiy o‘yinlarda ishtirok etishmoqda.

Yevropa qit’asida keyingi yili o‘tkaziladigan YeVRO-2020 musobaqasi uchun saralash bosqichi bo‘lib o‘tyapti. Saralash doirasida o‘tkazilgan bir qator o‘yinlar butun futbol muxlislarining e’tibori markazida bo‘lib turgan bo‘lsada, kecha Turkiyaning Konya shahrida bo‘lib o‘tgan bahs va uning natijasi hammani birdek karaxt qilib qo‘ydi.

Oxirgi bir necha yillikda arzirli natijalar bilan maqtana olmayotgan Turkiya terma jamoasi shu kuni o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida amaldagi Jahon chempioni Fransiya terma jamoasini qabul qildi.

Hech kim kutmaganda shov-shuv ko‘tarishni xush ko‘radigan turk futbolchilari yana bir bor butun dunyo e’tiborini o‘zlariga qaratdi. 

Joriy yilning 2 iyun kuni O‘zbekiston terma jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etgan Turkiya terma jamoasi bu gal xuddi shunday hisobda Fransiya terma jamoasini taslim etdi.

O‘yinning 30 daqiqasida Kaan Ayxan boshi bilan Ugo Loris darvozasini ishg‘ol etgan bo‘lsa, oradan 10 daqiqa o‘tib, “Roma” klubi forvardi Chingiz Under o‘ng qanotdan kuchli zarb bilan to‘pni fransuzlar darvozasiga joylab qo‘ydi.

Turkiya – Fransiya 2:0 (2:0, 0:0).
Konya shahri, “Konya Buyukshahar” stadioni.

Gollar: 1:0 – Kaan Ayxan (30), 2:0 – Chingiz Under (40).

E’tibolisi, butun o‘yin davomida amaldagi jahon chempionlari Turkiya darvozasi yaqinida birorta xavfli vaziyat yarata olishmadi.

Ma’lumot uchun, Turkiya ushbu g‘alabadan so‘ng 3 ta o‘yinda 9 ochko to‘plagan holda guruh yetakchisi bo‘lib turibdi. E’tiborlisi turklar ortda qolgan o‘yinlar davomida biror marta o‘z darvozalaridan gol olib chiqmadi. Turklar uchun keyingi o‘yin 11 iyun kuni safarda Islandiya terma jamoasiga qarshi kechadi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Turkiya Futbol EVRO 2020

Baholaganlar

37

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing