Buvisi tengi onaxonga shilqimlik qilgan yigit qamaldi

3-sahifa

image

Avvalroq, Toshkent shahrining Yashnobod tumanida mast holatda keksa ayolga nisbatan uyatsiz harakat sodir etgan 22 yoshli yigit voqeaga guvohlari tomonidan Ichki ishlar xodimlariga ushlab berilgandi. U ushbu harakatlarni sodir qilgani uchun 15 sutkaga qamaldi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanishdi.

Hujjatda keltirilishicha, M.H. joriy yilning 4 avgust kuni soat 05:30 larda Yashnobod tumani “Do‘stlik” parki yonida mast holda jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan mayda bezorilik harakatlarini sodir qilgan. Bundan tashqari, u IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmagan.

Kecha, 5 avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudida mazkur ish ko‘rib chiqilgan. Sudda M.H. aybiga iqror bo‘lib, qilgan ishidan pushaymonligini aytgan va kelgusida bunday holat boshqa takrorlanmasligini bildirib, suddan o‘ziga nisbatan yengillik berishni so‘ragan.

Sud qarori bilan M.H. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (mayda bezorilik), 187-moddasi (jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste’mol qilish) 2-qismi va 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilsin va unga nisbatan uzil-kesil 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi klinikalardan birida 26 yoshli tish shifokori qabuliga kelgan 2008 yilda tug‘ilgan qizga shahvoniy shilqimlik qilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing