Buxorodagi “Geofizika ekspeditsiyasi” korxonasida yong‘in chiqdi
3-sahifa
−
05 iyun 2023
3393Buxoro viloyati Kogon tumanida joylashgan “Geofizika ekspeditsiyasi” korxonasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat FVB Matbuot xizmati xabar berdi.
Unda aytilishicha, joriy yilning 4 iyun kuni soat 22:09 da Kogon shahar FVB dispetcherlik xizmatiga tuman “Geofizika” MFY hududida joylashgan “Geofizika ekspeditsiyasi” korxonasi binosida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Xabarga asoslanib, voqea joyiga jami 7 ta yong‘in-qutqaruv avtoekipajlari jalb etilgan. Texnikalar voqea joyiga soat 22:15 da yetib borib, yong‘in yarim soat ichida to‘liq o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida binoning 4-qavatidagi 50 metr kvadrat maydonda tom osti yog‘och qurilmalari yongan. Hozirda moddiy zarari aniqlanmoqda
“Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, yong‘inning kelib chiqish sababi elektr simlarining qisqa tutashuvi deb taxmin qilinmoqda. Yong‘in oqibatida fuqarolarning kuyish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmadi”, deyiladi FVB xabarida