Buxoroda erkak qizi bilan ko‘rishmoqchi bo‘lgan 17 yashar yigitni kaltakladi

3-sahifa

−

image

Buxoro viloyatida 17 yashar yigit sevgan qizining otasi va boshqa shaxslar tomonidan kaltaklandi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 28 avgust kuni Buxoro viloyatida yashovchi fuqaro E.R qizi O.D. bilan ko‘rishish uchun kelgan voyaga yetmagan E.O. (2009 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola)ni uning erkiga qarshi tarzda, avtomashinada o‘z qarindoshi F.F. ning uyiga olib borib, u yerda boshqa shaxslar bilan kaltaklagan.

Tergovga qadar tekshiruv doirasida tayinlangan sud-tibbiy ekspertizasiga ko‘ra, E.O. tanasining turli sohalarida jarohatlar mavjudligi aniqlangan. Holat yuzasidan joriy yilning 7 sentyabr kuni E.R va F.F larga nisbatan Jinoyat kodeksining 137-moddasi (Odam o‘g‘rilash) 2-qismi “a”,“v” bandlari va 105-moddasi (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mazkur jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda. 

Bolalar ombudsmani voyaga yetmagan jabrlanuvchining manfaatlari, sha’ni-qadr-qimmati nuqtai nazaridan mazkur jinoyat ishiga oid tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikka chaqirmoqda. Bolalar ombudsmani bolaning protsessual huquqlari ta’minlanishi yuzasidan o‘z kuzatuvini davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatida erkak 10 yashar bolani 2 oy davomida zo‘rlab kelgani, jinoyati fosh bo‘lgach, o‘z joniga qasd qilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing