Buxoroda 18 yoshli qiz 3 kunlik chaqalog‘ini pullamoqchi bo‘ldi (video)
3-sahifa
−
10:00 3219 1 daqiqa
Buxoro viloyatining Buxoro tumanida uch kunlik chaqalog‘ini sotmoqchi bo‘lgan 18 yoshli ayol qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 6 aprel kuni olib borilgan tezkor tadbir davomida 2008 yilda tug‘ilgan Buxoro tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro o‘zining hali tug‘ilganiga uch kun ham bo‘lmagan qiz farzandini g‘arazli maqsadlarda savdoga qo‘ygani aniqlangan. Gumonlanuvchi chaqaloqni 4000 dollarga pullashni rejalashtirib, shartli mijozdan kelishilgan mablag‘ning 800 dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan jinoyat ustida qo‘lga olingan.
Bildirilishicha, hozirda ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) uchinchi qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida o‘z bolasini sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olingandi.
Live
Barchasi