Bugun Toshkentning 3 tumanida gaz o‘chiriladi

Jamiyat

−

image

Bugun, 24 avgust kuni poytaxt Toshkentning Yunusobod, Sergeli va Bektemir tumanlarida gaz ta’minoti qisman to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Aytilishicha, bugun kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida poytaxtning uch tumanida gaz ta’minoti tizimida ta’mirlash va sozlash ishlari amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan ushbu tumanlarning ba’zi mahalla va ko‘chalarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

  • Yunusobod tumanida soat 10:00 dan 18:00 gacha: “Yurtobod”, “Shoshtepa”, “Uvaysiy” mahallalari hamda 19-mavzeda;
  • Sergeli tumanida soat 11:00 dan 17:00 gacha: “Kuhna Qumariq”, “Daryo bo‘yi” MFYda;
  • Bektemir tumanida soat 10:00 dan 19:00 gacha: “Bektemir” MFYda.

Shuningdek, xabarda “Hududgaz Poytaxt” GTF mazkur noqulayliklar uchun uzr so‘ragani ma’lum qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing