Bugun Mirziyoyev Mustaqillik bayramida qatnashadi
Jamiyat
−
29 avgust 9670 1 daqiqa
Bugun, 29 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Shahidlar xotirasi xiyobonida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etadi hamda “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘yadi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Kechqurun davlat rahbari O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirida ishtirok etib, mamlakat xalqiga tabrik bilan murojaat qiladi.
Shuningdek, Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishish ham rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning Global sherikliklar bo‘yicha maxsus vakili Paolo Zampolli Mirziyoyevga Trampning samimiy salomi va O‘zbekiston mustaqilligi kuni munosabati bilan tabriklarini yetkazgandi.
Live
Barchasi