Bugun futbol klublari o‘rtasidagi Jahon chempionatining g‘olibi aniqlanadi
Sport
−
11 fevral 2023 7484 1 daqiqa
Bugun, 11 fevral kuni Marokash mezbonlik qilayotgan futbol bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining hal qiluvchi o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Turnirning 3-o‘rni uchun kechadigan bahsda Braziliyaning “Flamengo” klubi Misrning “Al-Ahli” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Final o‘yinida esa Ispaniyaning “Real” klubi Saudiya Arabistoni vakili “Al-Hilol” bilan o‘ynaydi.
Bronza medali uchun bahs Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da boshlansa, final o‘yini 23:55 da start oladi.
Ma’lumot uchun, “Real” turnirda eng ko‘p g‘olib bo‘lgan klub hisoblanadi. Madridliklar to‘rt marotaba musobaqa bosh sovrinini qo‘lga kiritgan. Kataloniyaning “Barselona” klubi esa ushbu musobaqada uch marta chempion bo‘lgan.