Britaniya Ukrainaga 5 yil davomida qo‘shin kiritishi mumkin – OAV
Olam
−
11 aprel 2948 2 daqiqa
Buyuk Britaniya o‘z qo‘shinlarini Ukrainada besh yilgacha joylashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda manbalariga tayanib “The Telegraph” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, bu chora Ukraina armiyasini “yangi bosqinning oldini olish” uchun tayyorlash va qayta qurishga yordam berishi kutilmoqda. Britaniya va Fransiya muhokama qilayotgan variantlar orasida Ukrainaga “Yevropa boshchiligidagi kuchlar”ni yuborish ham bor. Ukraina hududiga aniq qancha qo‘shin kiritilishi noma’lum. Yevropa davlatlarining fikricha, bu dastlab Rossiyani tinchlik bitimini buzishdan qaytaradi.
Nashrning ta’kidlashicha, Yevropa davlatlari orasidan “xohlovchilar koalitsiyasi” quruqlikdagi qo‘shinlarni yuborishdan tashqari, Ukraina havo va dengiz makonini himoya qilishni ta’minlamoqchi. Bunga erishish uchun qanday choralar ko‘rilishi aniqlanmagan. Qo‘shinlarni olib chiqish bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Kecha, 10 aprel kuni Yevropa davlatlari Mudofaa vazirlari Ukrainaga qo‘shin kiritish ehtimoli bo‘yicha muzokaralar o‘tkazgan edi. Koalitsiya kuchlari muhim infratuzilma ob’ektlarining xavfsizligini ta’minlashi kutilmoqda. AFP'ning ma’lum qilishicha, 30 davlatdan faqat oltitasi qo‘shin yuborishga rozi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “The Telegraph” Buyuk Britaniya suvlarida rus josuslik datchiklari topilgani haqida yozgandi. Ularning bir nechtasi qirg‘oqqa tushib ketganidan qirollik dengiz floti tomonidan topilgan. O‘shanda Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligidagi manba NATO ittifoqchilari bilan birgalikda Rossiya tahdidining oldini olish choralari kuchaytirilishini ta’kidlagandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr