Britaniya Erondagi diplomatlarini chaqirtirib oldi
Olam
−
27 fevral 2869 1 daqiqa
Bugun, 27 fevral kuni Buyuk Britaniya xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat tufayli Erondagi elchixonasi xodimlarini chaqirtirib oldi. Bu haqda Britaniya Tashqi ishlar, hamdo‘stlik va taraqqiyot vazirligi (FCDO) xabar berdi.
“Elchixona masofadan turib ishlashda davom etmoqda (“Ogohlantirishlar va sug‘urta” bo‘limi). FCDO Eronga har qanday safarlardan tiyilishni tavsiya qiladi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Britaniya elchixonasi 2025 yil iyun oyida ham Eronga sayohat qilmaslik haqida ogohlantirish e’lon qilgan bo‘lib, unda Buyuk Britaniya fuqarolari va Britaniya-Eron ikki tomonlama fuqaroligiga ega shaxslar hibsga olinishi, so‘roq qilinishi yoki ushlab turilishi xavfi ostida ekanligi ma’lum qilgan.
Diplomatlarning ma’lum qilishicha, Eronda mintaqaviy keskinlikning yuqori xavfi saqlanib qolmoqda. Britaniya fuqarolariga ehtiyot choralarini ko‘rish tavsiya etiladi: inqirozli vaziyatlarda harakat qilish bo‘yicha ko‘rsatmalarni o‘rganish, FCDO bildirishnomalariga obuna bo‘lish, OAVdagi ma’lumotlarni kuzatib borish, harbiy va qo‘riqlanadigan ob’ektlar yaqinidagi hududlarga bormaslik hamda zarurat tug‘ilganda xavfsiz joylarga yashirinish lozim.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron bilan keskinlik kuchayib borayotgan bir paytda, Iordaniyadagi AQSH harbiy samolyotlari soni keskin oshgan edi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28