“Brentford” Muhammadali O‘rinboyev bilan xayrlashdi

Sport

image

Angliyaning “Brentford” klubida ijara asosida to‘p tepayotgan o‘zbekistonlik futbolchi Muhammadali O‘rinboyev jamoani tark etdi. Bu haqda futbolchining o‘zi QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

“Brentford” 19 yoshli O‘rinboyevni “Paxtakor”dan ijaraga olgandi va uni sotib olish imkoniyatiga ega edi, biroq ingliz klubi sotib olish opsiyasini faollashtirmadi va O‘rinboyevdan tashqari yana 10 nafar futbolchi bilan xayrlashdi.

“Brentford”ning taklifi menga to‘g‘ri kelmadi, men asosiy jamoada o‘ynamoqchiman”, deydi O‘rinboyev.

Ma’lum bo‘lishicha, O‘rinboyev 1 iyun kuni O‘zbekiston U-20 terma jamoasi safida xalqaro o‘rtoqlik turnirida ishtirok etish uchun Xitoyga yo‘l olgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘rinboyev Parij-2024 Olimpiadasida ishtirok etish uchun Olimpiya terma jamoasidan chaqiruv olmagani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Brentford Muhammadali O'rinboev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing