Braziliyada kuniga litrlab Coca-Cola ichgan erkakning qovug‘idan 35 ta tosh chiqdi (video)

Olam

image
Yevropaning ayrim davlatlarida Coca-Cola rastalardan olinmoqda north_east

Yevropaning ayrim davlatlarida Coca-Cola rastalardan olinmoqda

Braziliyada har kuni uch litr Coca-Cola ichishni odat qilgan erkakning siydik pufagidan 35 ta tosh olib tashlandi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.

Uni operatsiya qilgan shifokor gazlangan ichimliklarni ko‘p ichish xavfliligi haqida ogohlantirib, o‘zining Instagram sahifasiga post joyladi. Urolog-shifokor Andrade hozirgacha 9 million marotaba ko‘rilgan videosida shakarli va gazlangan ichimliklarni “haddan tashqari” iste’mol qilish buyrak toshlarining paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkinligini aytgan. Videoda u tomoshabinlarga o‘zi olib tashlagan bir nechta katta sariq toshlardan iborat idishni ko‘rsatgan.

Buyrak toshlari – bu siydik yo‘llarida to‘planadi, siydik pufagiga o‘tib, oqibatda o‘tkir og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, chimchilash yoki qichishish va siydikda qon paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Agar davolanmagan bo‘lsa, ular siydik pufagiga ko‘chib o‘tishi va buyrak yetishmovchiligi yoki sepsis kabi hayot uchun xavfli asoratlarga olib kelishi mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Misrda bo‘lib o‘tgan Iqlim bo‘yicha COP27 sammitining homiysi bo‘lgan Coca-Cola ichimliklar kompaniyasi so‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, ketma-ket beshinchi marta dunyodagi eng yirik plastik ifloslantiruvchi deb topilgandi. Uning raqobatchisi Pepsi esa ikkinchi o‘rinni egallagandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Braziliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing