Braziliya Prezidenti Putin Rio-de-Janeyroda hibsga olinmasligiga kafolat berdi

Olam

image

Braziliya Prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva Rossiya yetakchisi Vladimir Putin kelasi yili Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida ishtirok etsa, Braziliyada hibsga olinmasligini aytdi. Bu haqda u hozirda Nyu-Dehlidagi G20 yig‘ilishida aytib o‘tdi.

“Silva Dehlida bo‘lganida jurnalistlarga bergan izohlarida Putinga kafolat berdi”, deyiladi “Reuters” xabarida.

Shunday qilib, siyosatchi 2022 yil 17 martda Gaaga xalqaro jinoiy sudi tomonidan Rossiya Federatsiyasi rahbarini hibsga olish to‘g‘risidagi orderni oshkora e’tiborsiz qoldirgan.

Silva Braziliya rahbari sifatida Rossiya Prezidentining oson tashrifini ta’minlashini bildirgan. Uning ta’kidlashicha, uning prezidentligi davrida Putin hech qachon hibsga olinmaydi.

"Men Putinning Braziliyaga bemalol borishiga ishonaman. Sizga shuni ayta olamanki, agar mening prezidentligimda u Braziliyaga kelsa, hech qachon hibsga olinmaydi", deydi Da Silva.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 mart kuni Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belovani hibsga olishga order bergan, chunki ular bolalarning noqonuniy deportatsiyasi bilan bog‘liq harbiy jinoyatlar uchun javobgar deb topilgandi


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Braziliya hibsga olish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing