Bojxona qo‘mitasi raisiga o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
11 fevral 5676 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 11 fevraldagi tegishli qarori bilan bojxona xizmati polkovnigi G‘ayrat Farhodovich Nosirov Bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun, 11 fevral kuni Bojxona qo‘mitasida navbatdan tashqari kengaytirilgan xizmat yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Qo‘mita markaziy apparati hamda videokonferensiya tarzida hududiy bojxona boshqarmalari va postlari shaxsiy tarkibi ishtirok etgan yig‘ilishda tashkiliy o‘zgarishlar haqida axborot berilgan va Prezidentning yuqoridagi qarori o‘qib eshittirilgan.
Bunga qadar G‘ayrat Nosirov “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi boshlig‘i lavozimida xizmat qilib kelayotgan edi.
Bildirilishicha, shu kunga qadar Bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida xizmat qilib kelgan Ilhom Muxtorov esa bojxona organlaridagi boshqa tuzilmalarda o‘z xizmatini davom ettiradi.
Yig‘ilishda bojxona organlari oldiga joriy yilda qo‘yilgan vazifalar ijrosiga doir qator masalalar ko‘rib chiqilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 4 fevral kuni Alisher Bo‘riyevich Xidirov Sirdaryo viloyati hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Live
Barchasi