“Boshqa hech kim qurbon bo‘lmasin”. Ibatov’s klinikasida qizi nogiron bo‘lib qolgan ona faryodi

Intervyu

2019 yilda Nodir Ibatov tomonidan estetik jarrohlik amaliyotiga ixtisoslashgan “Ibatov’s Clinic” klinikasi tashkil etilgan. Shu paytgacha klinikada 20 mingga yaqin jarrohlik operatsiyalari o‘tkazilgan. Biroq bu yerdagi hamma jarrohlik amaliyotlari ham muvaffaqiyatli yakunlangan emas.

1999 yilda tug‘ilgan Gavhar Polvonova 2023 yilning yozida klinika tomonidan e’lon qilingan bonusli aksiyada burun shaklini o‘zgartirish uchun shu yerga murojaat qiladi. Biroq operatsiya kutilganidan muvaffaqiyatli chiqmaydi. Qiz bir umrga nogiron bo‘lib qoladi.

Bemor qizning onasi QALAMPIR.UZ bilan suhbatda farzandini operatsiya qilgan shifokorning jarrohlik bo‘yicha hech qanday litsenziyasi va malakasi yo‘qligini, bu hatto sudda ham o‘z tasdig‘ini topganini aytdi.

“Qizimni operatsiya qilgan shifokor hatto jarroh emas ekan, u shunchaki lor shifokori ekan. Sudda ham bu o‘z isbotini topdi. Lekin barcha ayb anesteziolog shifokorga ag‘darildi”, deydi Gavharning onasi.

Shuningdek, ayol bu ishlarni boshqa qurbonlar bo‘lmasligi uchun ovoza qilayotganligini bildirdi.

Ushbu intervyuni QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Sud nogiron Operatsiya Nodir Ibatov Gavhar Polvonova jarrohlik operatsiyalar Ibatov’s Clinic

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing