“Boringizga shukur!” Pashinyan ham Trampga qo‘ng‘iroq qildi

Olam

image

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan va AQSH Prezidenti Donald Tramp kecha, 9 avgust kuni telefon orqali suhbat qildi. Unda Bosh vazir Vashington sammiti Yerevan hamda Baku o‘rtasida haqiqiy tinchlikka erishishga yo‘l ochganini aytdi. Bu haqda Armaniston Hukumati matbuot xizmati xabar berdi.

“Pashinyan Trampga 2025 yil 8 avgust kuni Vashingtonda, Oq uyda Tinchlik sammitini tashkil etgani hamda Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari tomonidan qabul qilingan Tinchlik deklaratsiyasini guvoh sifatida imzolagani uchun minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, u tinchlik o‘rnatish ishida Prezident Trampning shaxsiy sa’y-harakatlari hal qiluvchi ahamiyat kasb etganini ta’kidladi”, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, Pashinyan va Tramp yaqin kelajakda “Xalqaro tinchlik va farovonlik uchun Tramp yo‘nalishi” loyihasi bo‘yicha qurilish ishlarini boshlashga qat’iy qaror qilganliklarini tasdiqladi.

2025 yil 8 avgust kuni Vashingtonda AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan bo‘lib o‘tgan uch tomonlama uchrashuv yakunlariga ko‘ra, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Baku va Yerevan o‘rtasida tinch yo‘l bilan kelishuvga erishish hamda Ozarbayjonning asosiy qismi bilan Naxichevan o‘rtasida transport kommunikatsiyalarini yaratish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladi. Mazkur loyiha “Xalqaro tinchlik va farovonlik uchun Tramp yo‘nalishi” deb nomlandi.

Biroq, Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchuk TASS agentligiga bergan intervyusida “Tramp yo‘nalishi” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvning imzolanishi Janubiy Kavkazdagi mintaqaviy muvozanatni buzganini ma’lum qilgandi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8 avgust kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ham AQSH davlat rahbari Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qilgan edi. 7 avgust kuni esa O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev va Tramp o‘rtasida muloqot o‘tkazilgandi


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing