Ilhom Aliyev Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qildi

Olam

image

Kecha, 8 avgust kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.

Suhbatda Vashington sammitiga bir yil to‘lgani munosabati bilan Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi tinchlik jarayoni muhokama qilingan. Tomonlar uzoq yillik mojaroga barham berilganini va mintaqada tinchlik o‘rnatilganini ta’kidlagan.

Shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar, TRIPP transport loyihasi va mintaqada transport bog‘liqligini kuchaytirish masalalari muhokama qilingan.

Shuningdek, Aliyev Trampga Vashington tinchlik sammitiga mezbonlik qilgani va tinchlik kun tartibiga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirgan. Tramp esa Ilhom Aliyevning tinchlik jarayonidagi rolini yuqori baholagan.

Suhbat davomida Ozarbayjon neft mahsulotlarining Armanistonga eksporti, tranzit yuklarni Ozarbayjon hududi orqali Armanistonga tashish va ikki davlat o‘rtasida savdo aloqalarining boshlangani mintaqadagi ijobiy o‘zgarishlar sifatida qayd etilgan.

Tomonlar Ozarbayjon–AQSH strategik sherikligiga oid hujjat imzolanganini tarixiy voqea sifatida baholab, ikki davlat munosabatlari sifat jihatidan yangi, yuqori bosqichga ko‘tarilganini ta’kidlagan.

Aliyev Trampga Ozarbayjonning G20 sammitiga taklif qilingani uchun ham minnatdorlik bildirgan.

Tomonlar Ozarbayjon–AQSH strategik sherikligini yangi bosqichga olib chiqishga kelishib olgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ham Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing