Boks. Osiyo chempionati yarim finaliga eng ko‘p qaysi davlat vakillari yetib keldi?

Sport

image

Iordaniya poytaxti Amman shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bahslarining chorak finali yakuniga yetdi.

Natijalarga ko‘ra, umumiy hisobda O‘zbekiston boks terma jamoasining 13 nafar vakili yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bu borada eng yaxshi natija Qozog‘iston terma jamoasiga tegishli. Qit’a birinchiligining yarim finaliga 21 nafar qozoq bokschisi yetib keldi.

Yarim final yo‘llanmasi egalari soni (davlatlar):

Qozog‘iston - 21
O‘zbekiston - 13
Hindiston - 12
Mo‘g‘uliston - 10
Yaponiya, Iordaniya - 7 
Janubiy Koreya - 6
Tailand - 5
Xitoy Taypeyi, Qirg‘iziston - 4 
Filippin - 3
Eron, Tojikiston, Vetnam - 2
Pokiston - 1

Ma’lumot uchun, musobaqaga 10 nafar bokschi bilan kelgan O‘zbekiston ayollar terma jamoasi vakillaridan 7 nafari turnirdagi ishtirokini yakunladi. O‘zbekiston erkaklar terma jamoasining uch bokschisi ham chempionatdagi yurishini to‘xtatdi.


Maqola muallifi

Teglar

Boks Osiyo chempionati

Baholaganlar

503

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing