Bog‘cha tarbiyachilarining maoshi o‘qituvchilarnikiga tenglashtiriladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda endilikda bog‘cha tarbiyachilarning ish haqi maktab o‘qituvchilarinikiga tenglashtiriladi. Bu haqda bugun, 22 may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tanishgan maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimotida aytildi.

Ma’lum bo‘lishicha, bog‘chalarga malakali tarbiyachilarni jalb qilish uchun 2024 yil 1 iyundan ularning ish haqi stavkalari maktab o‘qituvchilarinikiga tenglashtiriladi.

Aytilishicha, umumta’lim maktablariga byudjetdan tashqari mablag‘lardan erkin foydalanish huquqi berilgani ularning moddiy ahvolini yaxshilash hamda o‘qituvchilarga qo‘shimcha haq to‘lash imkonini bermoqda. Endi bu tartibni bog‘cha va ixtisoslashgan maktablar uchun ham qo‘llash mo‘ljallanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

maosh Bog'cha tarbiyachilari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing