Husanovning “Siti”dagi yangi maoshi ochiqlandi
Sport
−
11:56 10020 1 daqiqa
“Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanovning yangi shartnomasi ortidan uning maoshi bonuslardan tashqari 6,2 million yevroga yetdi. Bu haqda “Capology” va “Spotrac” portallari xabar berdi.
Avvalroq, Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolagandi. Biroq “Manchester Siti” yangi shartnoma e’lon qilingan bayonotda moliyaviy shartlarni oshkor qilmagan. Ixtisoslashgan platformalar esa uning yillik daromadi 6 million yevro atrofida ekanini ko‘rsatmoqda.
Shu bilan birga, futbolchilarning shartnomalari va maoshlarini kuzatib boradigan ixtisoslashgan platformalar Abduqodir Husanovning yangi bazaviy maoshini yiliga taxminan 5,2 million funt sterling, ya’ni haftasiga 100 ming funt sterling deb baholagan. Bu hozirgi valyuta kursi bo‘yicha taxminan 6–6,2 million yevroga teng.
“Capology”ning ma’lumotlariga ko‘ra, klubning eng ko‘p maosh oladigan futbolchisi Erling Holand bo‘lib, norvegiyalik hujumchi haftasiga taxminan 500 ming funt sterling ish haqi oladi. Keyingi o‘rinlarda Rodri, Ruben Diash, Bernardu Silva, Fil Foden va Yoshko Gvardiol kabi jamoa yetakchilari joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 avgust kuni Abduqodir Husanov “Manchester Siti” safida ilk bor penaltilar seriyasida ishtirok etgan va o‘z imkoniyatidan foydalana olmagandi.
Live
Barchasi