BMT Xavfsizlik Kengashi kosmos masalasida norasmiy yig‘ilish o‘tkazadi
Olam
−
27 dekabr 2025 1554 1 daqiqa
Joriy yilning 29 dekabr kuni BMT Xavfsizlik Kengashi Rossiya tashabbusi bilan “Yerga yaqin past orbitada sun’iy yo‘ldoshlarning nazoratsiz qo‘llanilishi bilan bog‘liq xavf va tahdidlar” mavzusida norasmiy yig‘ilish o‘tkazadi. Bu haqda Rossiyaning BMTdagi doimiy vakolatxonasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 29 dekabr kuni Nyu-York vaqti bilan soat 10:00 da Rossiya tomonidan chaqirilgan BMT Xavfsizlik Kengashi a’zolarining “Arria formulasi” bo‘yicha norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda “Yerga yaqin past orbitada sun’iy yo‘ldoshlarning nazoratsiz qo‘llanilishi bilan bog‘liq xavf va tahdidlar” muhokama qilinadi.
Rossiyaning BMTdagi missiyasi ushbu yig‘ilishni chaqirishi tashabbusi aynan nimaga bog‘liqligi ochiqlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yoxannesburgda bo‘lib o‘tgan Katta yigirmatalik – G20 sammitida davlatlar yetakchilari BMTni isloh qilishni, jumladan, Xavfsizlik Kengashini kengaytirishni qo‘llab-quvvatlagandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025