Bizga Isroilniki kabi xavfsizlik kafolatlari kerak – Zelenskiy

Olam

image
Eron Isroildan qasos oldi...mi? north_east

Eron Isroildan qasos oldi...mi?

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatiga Isroilga berilayotgan xavfsizlik kafolatlariga o‘xshash himoya mexanizmlari zarur ekanini ta’kidladi. Bu haqda u kecha, 17 fevral kuni NBC telekanalida namoyish etilgan intervyusida so‘z ochdi.

U bu borada o‘tgan yili Eron tomonidan Isroilga uyushtirilgan raketa hujumini misol qilib keltirgan. O‘shanda AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlar, hatto Iordaniya ham o‘z havo hujumiga qarshi mudofaa kuchlari bilan Isroilni himoya qilishga kirishgan edi.

“Bizga nima kerak? Biz aniq qanday ishlashini bilmaymiz, lekin Eron Isroilga hujum qilganida AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniya va boshqa ittifoqchilar – hatto Iordaniya ham o‘z havo mudofaa tizimlari bilan Isroil xalqini himoya qilishga kirishdi. Isroil NATO a’zosi emas, ammo shunga qaramay bu davlatlar uning yonida turdi. Ular eronliklarning raketalarini yo‘q qilishdi. Bu, albatta, yaxshi holat”, dedi Zelenskiy.

Prezidentga ko‘ra, bu misol Isroil AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniya va boshqa ittifoqchilarning xavfsizlik kafolatlariga ega ekanini ko‘rsatadi.

“Menimcha, Ukrainaga ham xuddi shunday kafolatlar zarur va bu imkon qadar tezroq amalga oshishi kerak”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vladimir Zelenskiy NBC telekanaliga bergan intervyusida agar AQSH Ukrainaga yordam berishdan voz kechsa, mamlakatning omon qolish imkoniyati juda past bo‘lishini aytgan edi. Ukraina rahbarining so‘zlariga ko‘ra, har qanday og‘ir vaziyatda ham imkoniyat mavjud. Shu bilan birga, bunday yordam bo‘lmasa, Ukrainaga “juda, juda, juda qiyin” bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Vladimir Zelenskiy Isroil xavfsizlik kafolatlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing