Biz kelishuvni buzishdan manfaatdor emasmiz – HAMAS 

Olam

image

Falastinning HAMAS harakati G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini buzishdan manfaatdor emas. Bu haqda harakat vakili Abdel Latif al-Kanua ma’lum qildi.

Uning aytishicha, HAMAS sulhning buzilishi emas, aksicha, Isroil barcha qoidalarga rioya qilishi tarafdori.

“Biz o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni buzishdan manfaatdor emasmiz. Biz uning bajarilishini va Isroil uning barcha qoidalariga rioya qilishini ta’minlash tarafdorimiz”, degan u.

Al-Kanuaning ta’kidlashicha, vositachilar hozirda Isroil hukumati kelishuvning gumanitar protokolini bajarishini ta’minlashga harakat qilmoqda. Qolaversa, garovga olinganlarni almashtirish ham yaqin orada yana qayta boshlanadi.

HAMAS vakilining qayd etishicha, harakat delegatsiyasi ayni paytda Qohirada kelishuv ustida ish olib bormoqda.

“Ular Isroil kelishuvni amalga oshirish yo‘lida yaratayotgan to‘siqlarni yengib o‘tishga harakat qilmoqda”, degan HAMAS vakili.

Ma’lumot uchun, 2025 yilning 16 yanvar kuni Isroil, HAMAS, AQSH va Qatar vakillari Dohada G‘azo sektorida garovga olinganlarni ozod qilish va o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni rasman imzolagandi. Kelishuv 19 yanvar kuni kechqurun kuchga kirdi va HAMAS uch nafar shaxsdan iborat birinchi asirlar guruhini ozod qildi. Isroil esa 90 falastinlik mahbusni ozod qilgan.

Eslatib o‘tamiz, hafta oxirida Isroil va HAMAS o‘rtasida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan mahbuslar almashinuvi Isroil o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmagani uchun keyinga surilgandi. Keyin esa AQSH Prezidenti Donald Tramp HAMAS harakatidan barcha isroillik garovga olinganlarni 15 fevral kuni tushgacha ozod qilishni talab qilgandi. Tramp o‘z nutqi davomida o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvni bekor qilish va “jahannam”ni boshlash vaqti kelganini aytgandi Shundan so‘ng, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu HAMAS harakati joriy yil 15 fevral kuni tushgacha garovga olinganlarni ozod qilmasa, Isroil G‘azo sektorida jangovar harakatlarni qayta boshlashi haqida gapirgandi


Maqola muallifi

Teglar

Isroil HAMAS kelishuv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing