Belarusga ishga borgan o‘zbekistonliklar Andijon hokimiga murojaat bilan chiqdi (video)

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Belarus Respublikasiga ishlash uchun borgan bir guruh O‘zbekiston fuqarolarining daromad va mehnat sharoitlari masalasida Andijon viloyati hokimiga murojaat yo‘llagani aks etgan videolar tarqaldi. Mazkur videomurojaatda fuqarolar Belarusda ish beruvchi tomonidan taklif qilingan 500 dollarlik oylik o‘ta kamligi hamda bu sharoitda xorijda ishlashdan ko‘ra, O‘zbekistonga qaytib, mehnat qilish ma’qul ekanini aytgan. Shuningdek, ular masalani hal etishda Andijon viloyati hokimidan amaliy yordam so‘ragan.

“Hurmatli hokimimiz, bu yerda 500 dollardan ishlaydigan bo‘lsak, 200 dollari qornimizga ketsa, 100 dollari, misol, sovun-povun, kirimizga, savdo-pavdolarga ketadigan bo‘lsa, 200 dollar uchun bu yerda yurib, vaqtimizni o‘tkazib, sarson bo‘lishimizning foydasi yo‘q.

Undan O‘zbekistonga jo‘natib yuborgani yaxshi. 500 dollar oylik aytyapti, yemog‘ing o‘zingdan, yotoqni o‘zing to‘laysan deyapti. 200 dollardan unga chiqib ketsa, 200 dollar pul qolyapti. O‘zbekistonda biz undan ko‘proq topamiz. Shuni hal qilishingizni so‘raymiz”, degan fuqarolardan biri.

Eslatib o‘tamiz, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda o‘zbekistonliklarni Belarusda ishlash uchun taklif qilgan edi.

Dilnura Urinova


Maqola muallifi

avatar

.

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing