Bekobodda 10 ming dollar pora olgan IIO xodimi qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining Bekobod shahrida ichki ishlar xodimi 10 ming dollar bilan qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bir necha oy oldin ichki ishlar organlari safidan bo‘shatilgan Qo‘riqlash boshqarmasi xodimi xizmatga qayta tiklanish uchun hamkasbidan yordam so‘ragan. Hamkasbi esa o‘zining yuqorida ishlaydigan tanishlari orqali eski ishiga tiklab berishini aytib, undan 10 ming dollar pul talab qilgan. 

Ushbu noqonuniy harakatlarga chek qo‘yish maqsadida sobiq xodim Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi, Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilgan. O‘tkazilgan tezkor tadbirda Bekobod shahrida joylashgan oshxonalar yaqinida xodim hamkasbidan talab qilingan pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 28,168-moddasi (firibgarlik) 211-moddasi (pora berish) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada 80 dona telefonni hech qanday tekshiruv va bojxona to‘lovlarisiz chegaradan o‘tkazib yuborish evaziga 5000 dollar talab qilgan bojxona posti rahbari ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Bekobod IIO xodimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing