Begona ayollarning suratiga layk bosgan erkak jazolandi
Olam
−
22 noyabr 2025 7739 1 daqiqa
Turkiya Oliy sudi erkakni ijtimoiy tarmoqlarda boshqa ayollarning suratlariga layk bosgani uchun aybdor deb topdi. Bu haqda “Habertürk” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, er va ayol o‘rtasida mojaro kelib chiqqan va ular ajrashish bo‘yicha sudga murojaat qilgan. Ayolning aytishicha, eri uni kamsitgan, pul bermagan va ijtimoiy tarmoqlarda boshqa ayollarning suratlariga layk bosib, oila sadoqati majburiyatini buzgan. Ajrimda uning aybi borligi tan olingan. Sud uni sobiq xotiniga 500 ming lira (142 mln 670 ming so‘m) miqdorida ma’naviy zarar (kompensatsiya) to‘lashga, shuningdek, aliment to‘lashga ham majbur qilgan.
“Ayol erining uni kamsitgani, pul bermagani, ijtimoiy tarmoqlarda boshqa ayollarning suratlariga layk bosgani va unga sodiq bo‘lmagani haqida aytgan. Oliy sud bu ayblovlarni tasdiqladi va erni ajrashishga aybdor deb topdi. U 500 ming lira kompensatsiya va har oy 5 ming lira aliment to‘lashi lozim”, deyiladi xabarda.
Sudning bu qarori pretsedent sifatida qayd etilgan, ya’ni kelajakda ajrashmoqchi bo‘lgan juftliklarning ishlarida ham unga tayanilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon mamlakat Jinoyat kodeksiga o‘zgartirishlar kiritib, ijtimoiy tarmoqlarda layk yoki boshqa belgilar (emoji) bosganlik uchun jinoiy javobgarlikni bekor qilgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025