“Barselona” yetakchisi jiddiy jarohat sabab safdan chiqdi

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” klubi hujumchi Rafinya Braziliya terma jamoasi safida harakat qilayotgan paytda jarohat oldi va taxminan besh hafta maydonga tusha olmaydi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 26 mart kuni o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida Braziliya Fransiyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Rafinya bahsni asosiy tarkibda boshlagan, biroq jarohati sabab tanaffusda almashtirilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, tibbiy tekshiruvlar futbolchining son mushaklaridan shikast olganini ko‘rsatgan. U yaqin kunlarda “Barselona” ixtiyoriga qaytadi.

Kataloniya klubi joriy mavsum 8 va 14 aprel kunlari Chempionlar ligasi chorak finalida “Atletiko Madrid”ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahslarda jamoa yetakchisi “ko‘k-anorranlilar”ga yordam berolmaydi.

Ma’lumot uchun, Rafinya joriy mavsum boshida ham sonidan jarohati olgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

jarohat “Barselona” Rafin'ya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing