“Barselona” yangi antirekord o‘rnatdi
Sport
−
08 yanvar 2024 4974 1 daqiqa
8 yanvar kuni Ispaniya kubogining 1/16 final bosqichi o‘yini bo‘lib o‘tdi, unda “Barbastro” va “Barselona” to‘qnash keldi. Jamoalar Ispaniyaning Barbastro shahridagi “Estadio Munisipal de Barbastro” stadionida to‘qnash keldi. Uchrashuv 3:2 hisobida “ko‘k-anorranglilar” foydasiga hal bo‘ldi.
Shu tariqa, Kataloniya klubi 20 uchrashuvdan beri bittadan ortiq gol farqi bilan g‘alaba qozona olmayapti. Bittadan ortiq to‘p farqi bilan so‘nggi g‘alaba 19 sentyabr kuni Yevropa Chempionlar ligasi doirasida “Antverpen” bilan o‘yinda (5:0) qo‘lga kiritilgan.
Hozirga kelib Ispaniya Kubogining 1/8 finaliga “Atletiko”, “Xetafe”, “Jirona”, “Rayo Valekano”, “Real”, “Malorka”, “Selta”, “Sevilya”, “Osasuna” jamoalari yo‘l oldi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr