“Barselona” Rodri bo‘yicha kelishuvga erishdi
Sport
−
11:02 343 1 daqiqa
“Manchester Siti” klubi va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri “Barselona”ga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Kataloniya klubi futbolchi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Tomonlar 2031 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolashi kutilmoqda. Ispaniyalik futbolchining yillik maoshi taxminan 15 million yevroni tashkil etishi mumkin.
Ayni paytda “Barselona” va “Manchester Siti” o‘rtasidagi muzokaralar ham ijobiy kechmoqda. Xabarlarga ko‘ra, Angliya klubi Rodri uchun 60-70 million yevro miqdorida taklif tushsa, transferni ma’qullashga tayyor. Rodrining o‘zi ham “Barselona”ga o‘tish istagida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ispaniya terma jamoasining 2026 yilgi jahon chempionatidagi g‘alabasidan so‘ng OAVda futbolchining “Real Madrid”ga o‘tishi mumkinligi haqida ham xabarlar tarqalgan.
Live
Barchasi