“Barselona”ning asosiy darvozaboni kim? Flik javob berdi
Sport
−
05 fevral 2607 1 daqiqa
“Valensiya”ga qarshi Ispaniya kubogi chorak final uchrashuvi oldidan jurnalistlar yana “Barselona” bosh murabbiyi Xansi Flikdan jamoaning asosiy darvozaboni kim ekanligi haqida so‘radi.
Flikning aytishicha, Voysex Shesni hozirda kataloniyaliklarning asosiy posboni hisoblanadi.
“Kim birinchi raqamli? Albatta Voysex. Biz har doim barcha o‘yinchilar uchun eng yaxshi qarorlarni qabul qilamiz”, deydi Flik.
Qayd etish joiz, polshalik 34 yoshli Votsex Shesni faoliyati davomida “Arsenal”, “Brentford”, “Roma” va “Yuventus” kabi klublar darvozasini qo‘riqlagan. U 2024 yilda futboldagi faoliyatini yakunlagandi, biroq keyinchalik “Barselona”ning taklifidan so‘ng yana futbolga qaytdi.
Ma’lumot uchun, “Barselona” 7 fevralga o‘tar kechasi Ispaniya kubogi chorak finali doirasida safarda “Valensiya”ga qarshi bahs olib boradi. 10 fevral kuni esa jamoa Valensiya shahrining yana bir klubi “Sevilya” bilan to‘qnash keladi.
Live
Barchasi