“Barselona” “Kamp Nou”ga qachon qaytishi aniq bo‘ldi
Sport
−
18 noyabr 2025 1610 2 daqiqa
Ispaniyaning “Barselona” jamoasi ikki yildan ortiq tanaffusdan so‘ng joriy yilning 22 noyabr kuni La Liga doirasida “Atletik Bilbao”ga qarshi uchrashuvda o‘zining qayta qurilgan “Kamp Nou” stadioniga qaytadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
“Kamp Nou” stadioni 2022-2023 yilgi mavsum oxirida yopilganidan beri Kataloniya klubi asosan Montjuikdagi “Olimpiya” stadionida uy uchrashuvlarini o‘tkazib kelayotgan edi. “Kamp Nou”ning qayta qurilish jarayonidagi kechikishlar va 1,5 milliard yevrolik xarajatlar tufayli ochilish dastlabki rejalardan bir yilga kechikdi. Dastlab, jamoa 2024 yil dekabr oyida stadionga qaytishni maqsad qilgan edi.
Yangi “Kamp Nou”ning ilk o‘yinida 45 401 nafar tomoshabinga ruxsat beriladi. Qurilish to‘liq yakunlangach, arena 105 ming muxlisni qabul qila oladi. Joriy yilning 7 noyabr kuni o‘tkazilgan sinov mashg‘ulotida stadion 23 000 muxlis qabul qilgan edi.
Klub joriy yilning 9 dekabr kuni Chempionlar ligasi doirasida “Ayntraxt”ni o‘z maydonida qabul qiladi, biroq bu uchrashuvni “Barselona” mavsum boshida xavfsizlik ruxsatnomasini ololmagani sababli “Olimpiya” stadionida o‘tkazishga majbur.
Ma’lumot uchun, eski “Kamp Nou” 1957 yilda qurilgan bo‘lib, sig‘imi 99 000 kishini tashkil qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” prezidenti Joan Laporta klub afsonasi Lionel Messining haykali yaqinda qayta ochiladigan “Kamp Nou” tashqarisida o‘rnatilishini ma’lum qilgan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025