“Barselona” “Atletiko”ni yirik hisobda taslim etib, kubokni tark etdi
Sport
−
04 mart 4062 1 daqiqa
Kecha, 3 mart kuni “Barselona” Ispaniya kubogi yarim finalining javob uchrashuvida “Atletiko Madrid”ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi, biroq ikki o‘yin natijasiga ko‘ra kataloniyaliklar turnirni tark etdi.
Uchrashuv “Kamp Nou” stadionida bo‘lib o‘tdi. “Ko‘k-anorranglilar” safida Mark Bernal 29 va 72-daqiqalarda dubl qayd etdi, Rafinya esa 50-daqiqada penaltidan gol urdi. Biroq birinchi bahsda madridliklar 4:0 hisobida g‘alaba qozongani sababli umumiy hisob 4:3 ko‘rinishida “Atletiko Madrid” foydasiga hal bo‘ldi. Shu tariqa, “Atletiko” 2012-2013-yilgi mavsumdan buyon ilk bor Qirollik kubogi finaliga yo‘l oldi.
Ma’lumot uchun, “Barselona” musobaqaning amaldagi chempioni hisoblanadi.
Ikkinchi finalchi bugun, 4 mart kuni bo‘lib o‘tadigan “Real Sosedad” – “Atletik Bilbao” qarama-qarshiligida aniqlanadi. Birinchi o‘yinda “Real Sosedad” safarda 1:0 hisobida ustun kelgan.