Bakuda sud 8 rossiyalikni hibsga oldi (video)

Olam

image

Ozarbayjon poytaxti Baku shahrining Sabail tuman sudi narkotik moddalarni tranzit qilishda ayblanayotgan sakkiz nafar Rossiya fuqarosiga nisbatan to‘rt oylik qamoq jazosi ko‘rinishida ehtiyot chorasini qo‘llashga qaror qildi. Bu haqda Ozarbayjonning APA axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Rossiya fuqarolari sudga alohida-alohida olib kelingan. Ular kecha, 1 iyul kuni Ozarbayjon huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingandi.

Tergovga ko‘ra, ushbu rossiyaliklar ikki jinoiy guruh a’zosi bo‘lgan. Ular Erondan narkotik moddalarni tashish va internet orqali kiberfiribgarlik bilan shug‘ullanganlikda gumon qilinmoqda. Barcha gumonlanuvchilar to‘rt oylik muddatga tergov hibsxonasiga joylashtirildi.

Ma’lumot uchun, iyun oyining oxirida Rossiyaning Yekaterinburg shahrida o‘tgan yillardagi qotillik ishi doirasida asli ozarbayjonliklar qo‘lga olindi. Reyd davomida ikki kishi – aka-uka Safarovlar vafot etdi. Yekaterinburg sudi esa ish doirasida besh kishini hibsga olgan: Ahliman Ganjiyev, Mazohir, Akif, Ayaz va Bakir Safarov. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi “g” bandi – avval ayrim a’zolari qo‘lga olingan uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan qotillik bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

Bundan tashqari, Ozarbayjon diasporasi rahbari Shaxin Shixlinskiy hibsga olindi va so‘roqdan so‘ng qo‘yib yuborildi. Shuningdek, ozarbayjonlik taniqli tadbirkor Yusuf Xalilov ham ushlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ozarbayjon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing