“Baxti Tashkentskiy”ning odami ekani aytilgan shaxs qamaldi

3-sahifa

image

“Qonundagi o‘g‘ri” Baxtiyor Qudratillayevning (“Baxti Tashkentskiy”) o‘g‘li Bekzod Zafarov bilan yaqin munosabatda bo‘lgan va Baxtiyor Qudratullayev tomonidan Samarqand viloyatiga “polojenets” qilib tayinlangan shaxs rahbarlik qilayotgan uyushgan guruhga qo‘shilgan shaxs H.F. 8 yilga qamaldi. QALAMPIR.UZ sud hukmi bilan tanishdi.

Sud hukmiga ko‘ra, H.F. Baxtiyor Qudratullayevning o‘g‘li Bekzod Zafarov bilan yaqin munosabatlarga kirishib, “Baxti Tashkentskiy” tomonidan Samarqand viloyatiga noqonuniy harakatlarning olib borilishiga mas’ul (“polojenets”) qilib tayinlangan shaxs rahbarlik qilayotgan uyushgan guruhga qo‘shilgan. Mazkur guruh a’zolari Samarqandda “ko‘chani qo‘lga olib”, tovlamachilik harakatlarini sodir etib kelgan, iqtisodiyot sohasida sodir etiladigan jinoyatlar turkumiga kiruvchi, o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lgan tovlamachilik jinoyatlarini sodir etgan.

Xususan, ushbu jinoiy guruh a’zolari Samarqand shahrini “qo‘lga olib”, shaharda yashovchi M.B. Qozog‘iston fuqarosi bo‘lgan M. ismli shaxsdan 10 ming AQSH dollari miqdorida qarz ekanidan xabar topgan va M.B. dan ushbu pulni “ko‘cha yechimi” orqali undirib olishga kirishgan. Baxtiyor Qudratullayevning o‘g‘li Bekzod Zafarovning topshirig‘i bilan jinoiy guruh vakillari Samarqand viloyati Jomboy tumani “Beshbola” MFYdagi fermer xo‘jaligi hududida M.B. bilan uchrashib, unga nisbatan zo‘rlik ishlatgan. Ular M.B.ni o‘zlari boshqarib kelgan Epica bilan Bulung‘ur tumanidagi oshxonaga olib borgan. Ushbu jinoiy guruh vakillari o‘sha yerda M.B.ga ruhiy va jismoniy tazyiq o‘tkazgan. Xususan, uning boshiga shisha “bokal” bilan urib, tan jarohati yetkazgan va uni qo‘rqitib, Qozog‘iston fuqarosidan bo‘lgan 10 ming dollar qarzini berishini talab qilgan. Jabrlanuvchi puli yo‘qligini aytgach, undan dastlab 500 AQSH dollari olib, guruh a’zolari bilan o‘zaro taqsimlab olgan. Keyin qismlarga bo‘lib, yana 1 200 AQSH dollarini olib, jabrlanuvchiga jami qiymati 19 mln 388 ming 891 so‘mga teng 1 700 AQSH dollari miqdorida moddiy zarar yetkazib, jinoiy guruh a’zolari bilan o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Sudlanuvchi H.Sh. sudda aybiga iqror bo‘lmagan va bu jinoyatga aloqasi yo‘qligini aytib ko‘rsatma bergan. Xususan, u ko‘rsatmasida Bekzod Zafarov bilan 2019 yilda tanishganini, 2022 yil bahor faslida Bekzod uning yoniga kelib, unga o‘zini yaxshi his qilmayotgani, sehr-joduga uchraganga o‘xshayotganini aytib, Samarqand shahridagi domlaning oldiga birga borib kelishni so‘raganini bildirgan. Shuningdek, H.Sh. ko‘rsatmasida shundan so‘ng ular Samarqand shahriga borgani va u yerda Bekzodning tanishi, o‘zini Sanya deb tanishtirgan shaxs kutib olgani, shu kuni Sanyani birinchi marotaba ko‘rganini aytgan.

Sudlanuvchi H.Sh.ga ko‘ra, o‘sha kuni ular mehmonxonaga borgan va mehmonxonaga jabrlanuvchi M.B. ham olib kelingan.

“M.B.dan “Aka, nima bo‘ldi, tinchlikmi?” deb so‘radim. U qozog‘istonlik bir shaxsdan 2 ta “kran” sotib olganini, ulardan birining pulini bera olmaganini aytdi. Unga shu zahoti “Sizning Bekzoddan qarzingiz bormi? Nima sababdan u sizga jahl qilyapti?” deb so‘radim. M.B. Bekzoddan umuman qarzi yo‘qligini aytdi. M.B.ga qarzi bo‘lmasa, ketaverishini aytdim. Shunda Bekzod menga “Nima sen o‘zingni “prava”ngni kachat qilyapsan?” deb jahl qilib qoldi. Shunda unga M,B.ga nisbatan noto‘g‘ri ish qilayotganini, Samarqandga yaxshi niyatda kelganimni aytdim. Suhbatimizni eshitgan Sanya “Sen nimaga “bratan”ning o‘g‘liga tashlayapsan, o‘zingni bosvol” dedi. So‘ngra ushbu muammolarga aralashishni xohlamasdan, hamma bilan xayrlashib, mehmonxonadan chiqib ketdim”, degan H.Sh. suddagi ko‘rsatmasida.

Sudda jabrlanuvchi ham ko‘rsatma berib, haqiqatdan ham qozog‘istonlik shaxsdan 2 ta kran olganini va ular yaroqsizligini aytgan. Shuningdek, u kranlarni Sh. ismli tanishi bilan sotib, undan pulni ololmagani uchun 10 ming AQSH dollarini o‘z vaqtida qaytara olmaganini bildirgan. Jabrlanuvchining bildirishicha, shundan so‘ng, uni “Baxti Tashkentskiy” laqabli shaxsning odamlari bezovta qilib, pullarni vaqtida qaytarmasa, “ko‘cha” usulida jazolashini aytgan. Shu orada u H.Sh.ning oldiga Toshkentga olib borilgan va u yerda ham H.Sh. unga tazyiq o‘tkazib, qo‘rqitgan.

Shu tariqa Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudining hukmi bilan H.Sh. Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilishda aybli deb topilgan va unga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baxti Tashkentskiy Bekzod Zafarov Baxtiyor Qudratillaev Qonundagi o'g'ri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing