BAA urushga kirmoqchi: Amirlik Hormuz bo‘g‘ozini kuch bilan ochish payida

Olam

image

Birlashgan Arab Amirliklari AQSHga Hormuz bo‘g‘ozini harbiy yo‘l bilan ochishda yordam berishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, BAA bu operatsiyani qonuniylashtirish uchun BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasini ilgari surmoqda. Shu bilan birga, amirliklar Yevropa va Osiyo davlatlarini bo‘g‘ozda kemalar xavfsizligini ta’minlash uchun harbiy koalitsiya tuzishga chaqirmoqda.

Agar bu amalga oshsa, BAA Fors ko‘rfazi davlatlari orasida birinchi bo‘lib Eron bilan urushga rasmiy ravishda kirgan davlatga aylanishi mumkin.

Manbalarga ko‘ra, BAA o‘zining harbiy imkoniyatlarini qayta ko‘rib chiqib, bo‘g‘ozni minalardan tozalash (deminatsiya) ishlarida ham qatnashishga tayyor ekanini bildirgan.

Shuningdek, ayrim arab rasmiylarining aytishicha, BAA AQSHdan Fors ko‘rfazidagi orollarni, jumladan Abu Musa orolini egallashni talab qilmoqda. Bu orol qariyb yarim asrdan beri Eron nazoratida, ammo Abu-Dabi tomonidan da’vo qilinadi.

Nashrning ta’kidlashicha, bu BAA tashqi siyosatida “tub o‘zgarish” hisoblanadi. Urushdan oldin amirliklar AQSH va Eron o‘rtasida vositachi bo‘lishga harakat qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti ma’muriyati vakillariga tayanib, “The Wall Street Journal” nashri Donald Tramp o‘z yordamchilariga AQSHning Eronga qarshi harbiy kampaniyasini, hatto Hormuz bo‘g‘ozi yopiq qolgan taqdirda ham yakunlashga tayyorligini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Fors ko'rfazi Hormuz bo'g'ozi Hormuz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing