Ba’zi turdagi litsenziyalarni olish endi arzonlashtirildi
Jamiyat
−
15 iyun 2023 5745 2 daqiqa
Bir qator xizmatlar uchun litsenziya olishda davlat boji miqdori kamaytirildi. Bu haqda joriy yilning 14 iyun sanasida “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi to‘g‘risidagi Prezident tomonidan imzolangan qonunda ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, uyali aloqa virtual operatorlari (provayderlar) tomonidan ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatishda litsenziya olganlik uchun to‘lanadigan davlat boji ba’zaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 25 ming baravari (8 mlrd 250 mln so‘m) etib belgilandi. Ilgari bunday norma mavjud emas edi.
Shuningdek, quyidagi xizmatlar uchun litsenziya olishda to‘lanadigan davlat boji miqdorlari kamaytirildi:
• teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini ko‘rsatish – BHMning 170 baravari (56 mln 100 ming so‘m). Ilgari BHMning 340 baravari edi;
• teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini loyihalashtirish – BHMning 10 baravari (3 mln 300 ming so‘m). Ilgari BHMning 20 baravari edi;
• teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini qurish – BHMning 10 baravari (3 mln 300 ming so‘m). Ilgari BHMning 20 baravari edi;
• teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlaridan foydalanish – BHMning 75 baravari (24 mln 750 ming so‘m). Ilgari BHMning 150 baravari edi;
• teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish – BHMning 75 baravari (24 mln 750 ming so‘m). Ilgari BHMning 150 baravari edi.
Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Live
Barchasi