“Ajdar ortga qaytdi”. Husayn Norchayev “Nasaf” a’zosiga aylandi (video)

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Rossiyaning “Alaniya” klubi a’zosi Husayn Norchayev Qarshining “Nasaf” jamoasi futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“O‘z akademiyamizdan yetishib chiqqan Husayn Norchayev yana biz bilan birga! Gollar, paslar, g‘alabalar kutib qolamiz! Jonajon “Nasaf”imizga xush kelding, Husaynjon!”, deyiladi Qarshi klubi xabarida. 

“Transfermarkt” ma’lumotiga ko‘ra, “Nasaf” Norchayevni transfer huquqlarini to‘laqonli tarzda “Alaniya”dan sotib olgan. 23 yoshli futbolchining qarshiliklar bilan tuzgan shartnomasi 2026 yil oxiriga qadar mo‘ljallangan.

Qayd etish joiz, Norchayev 2020-2023 yillarda “ajdarlar” safida to‘p tepib, 100 ta uchrashuvda 40 ta gol urib, 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Norchayevning Portugaliya klubiga transferi barbod bo‘lgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Nasaf Husayn Norchaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing