Ayrim tibbiyot xodimlariga uy sotib olish uchun subsidiya beriladi
Jamiyat
−
05 iyul 4155 2 daqiqa
O‘zbekistonda ayrim tibbiyot xodimlariga uy sotib olishga subsidiya beriladi. Bu haqda hukumatning joriy yil 12 iyun kundagi 310-son qarori bilan tasdiklangan “Davlat tibbiyot muassasalarida kamida o‘n besh yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini uy-joy bilan ta’minlash uchun ipoteka krediti asosida sotib olinadigan uy-joyning dastlabki badal to‘lovining bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risida”gi nizomda so‘z boradi.
Nizomga kura, fuqaro ro‘yxatdan o‘tkazilgan hududidan qat’i nazar, istalgan hududdan subsidiya dasturi doirasida birlamchi uy-joy bozoridan uy-joylarni ipoteka krediti asosida sotib olishi mumkin.
Ariza beruvchi subsidiya olish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilishi mumkin. Ariza beruvchini baholashda kuyidagilar tasdiqlanishi shart hisoblanadi:
- amalda davlat tibbiyot muassasasida faoliyat yuritayotgani;
- davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega ekanligi.
Subsidiya 1 oilaga (eri yoki xotiniga) faqat 1 marta beriladi. Tanlov onlayn tarzda o‘tkaziladi. Bunda mezonlarga to‘liq muvofiq ishtirokchilar orasidan har chorak uchun belgilangan kvota doirasida 125 nafar g‘olib avtomatik tasodifiy tanlash imkonini beruvchi veb-saytlar (random.org) orqali aniqlab olinadi.
Subsidiya ajratish xabarnomasini olgan g‘olib uy-joyni ipoteka krediti orqali sotib olish bo‘yicha qurilish (pudrat) tashkiloti bilan birlamchi shartnoma tuzadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda tadbirkorlarga mol va qo‘y go‘shtini import qilishda subsidiya ajratilishi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi