Ayol 13-farzandini dunyoga keltirdi
Jamiyat
−
09:49 11278 1 daqiqa
Qozog‘istonning Temirtau shahrida yashovchi 48 yoshli ayol 13-farzandini dunyoga keltirdi. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 2 mart kuni Larisa Kuznetsova viloyat klinik shifoxonasining 1-sonli perinatal markazida o‘g‘il farzandli bo‘lgan. Chaqaloq 3650 gramm vaznda va 54 sm bo‘y bilan tug‘ilgan. Tug‘ruq tabiiy yo‘l bilan o‘tgan va ona ham, bola ham yaxshi holatda ekani aytilmoqda.
Yangi tug‘ilgan Emin oiladagi 13-farzand hisoblanadi. U Larisaning to‘qqizinchi o‘g‘li bo‘lib, uning eng katta qizi hozir 25 yoshda.
Larisaning aytishicha, u o‘zi ham katta oilada ulg‘aygan. Uning turmush o‘rtog‘i esa yolg‘iz o‘sgan bo‘lsa-da, vaqt o‘tishi bilan katta oilaga ko‘nikib ketgan. Ayol, shuningdek, farzandining sog‘-salomat tug‘ilishida yordam bergan shifokorlarga minnatdorchilik bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistonning shimolidagi Jauzjon viloyatida yashovchi ayol xususiy shifoxonada olti nafar egizakni dunyoga keltirgandi.
Live
Barchasi