“Avtomobilsiz kun” va “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari o‘tkaziladi
Jamiyat
−
31 mart 2718 1 daqiqa
O‘zbekistonda “Avtomobilsiz kun” va “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari o‘tkaziladi. Bu haqda Prezidentning joriy yilning 25 mart kuni qabul qilingan “Atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan “Toza havo” umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida so‘z boradi.
Unga ko‘ra, joriy yil 1 maydan boshlab har oyning 10 va 25-sanalarida “Avtomobilsiz kun” va “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari o‘tkazib boriladi. Bunda:
- mazkur aksiyalar doirasida davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish qat’iyan taqiqlanadi;
- ushbu sanalar ish kunlariga to‘g‘ri kelganda haydovchilarning ish haqi saqlab qolinadi.
Shu bilan birga, 2026 yil 1 avgustdan boshlab aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida “trade-in” dasturi doirasida eskirgan avtotransport vositalarini topshirgan jismoniy va yuridik shaxslarga yangi transport vositalarini xarid qilish uchun avtokredit foizining bir qismini qoplab berish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu farmon bilan O‘zbekistonda qurilish sohasida atmosfera havosi muhofaza qilinishi va ekologik talablar kuchaytirilishi haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, Toshkent shahrida sun’iy yomg‘ir yog‘dirish texnologiyasini joriy etish rejalashtirilmoqda.
Live
Barchasi