Avstraliyada 200 ming dollarlik tarakanlar musodara qilindi
Olam
−
07 iyun 4685 1 daqiqa
Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtatida hokimiyatlar operatsiya o‘tkazdi va 100 mingdan ortiq tirik ekzotik tarakanlar musodara qilindi. Bu haqda “Euro news” ma’lum qildi.
Batarst shahrida topilgan, musodara qilingan hasharotlar qiymati taxminan 200 ming avstraliya dollariga teng deb baholanmoqda.
Ushbu operatsiya Avstraliyada noqonuniy ravishda olib kelingan ekzotik xayvonlarni musodara qilish bo‘yicha eng yirik holatga aylandi.
Musodara qilingan turlar orasida daraxt tarakanlari va Madagaskar shivirlovchi tarakanlari mavjud. Ushbu hasharotlarni Avstraliya hududiga olib kirish, ushlash, ko‘paytirish va sotish taqiqlangan.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, ekzotik tarakanlar ekologik xavf‑taxlildan o‘tkazilmagan edi. Ularning mamlakatda paydo bo‘lishi kasalliklarning tarqalishiga xizmat qilishi, shuningdek mahalliy yovvoyi tabiat va qishloq xo‘jaligiga zarar yetkazishi mumkin.
Musodara qilingan tarakanlar yo‘q qilinadi.
Live
BarchasiMetroda poverbank yonib ketdi
08 iyun