“Arsenal”ning sobiq futbolchisi vafot etdi

Sport

image

“Arsenal”ning sobiq futbolchisi Billi Vigar o‘tgan dam olish kunlari “Chichester Siti” safida o‘ynagan uchrashuvda miyasidan jiddiy jarohat olib, 21 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“Chichester Siti” va “Uingeyt end Finchli” jamoalari uchrashuvida yuz bergan baxtsiz hodisadan keyin uchrashuv to‘xtatilgan. Dastlabki xabarlarga ko‘ra, Vigar maydon chetidagi devorga urilishi oqibatida og‘ir jarohat olgan.

“O‘tgan shanba kuni jiddiy miya jarohati tufayli Billi komaga tushdi. Seshanba kuni u hayot uchun kurashda operatsiyaga muhtoj bo‘ldi. Garchi jarrohlik yordam bergan bo‘lsa-da, jarohat juda og‘ir bo‘lib, payshanba kuni ertalab Billi hayotdan ko‘z yumdi”, deydi Vigarning oila a’zolari.

Shuningdek, klub ham futbolchining sportga bo‘lgan muhabbatini e’tirof etdi.

“Billiga bildirilgan mehr va samimiy izhorlar uning futbol olamida qanchalik sevilganini ko‘rsatadi. Uning oilasi bu fojia aynan o‘zi eng ko‘p yaxshi ko‘rgan ishni qilayotganda yuz berganidan nihoyatda qayg‘uda”, deyiladi klub bayonotida.

Ma’lumot uchun, 27 sentyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan “Chichester Siti” – “Lyuis” uchrashuvi qoldirildi. Qolgan barcha o‘yinlardan avval bir daqiqalik sukut e’lon qilinadi va futbolchilar o‘yinda qora bog‘ich bilan harakatlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Bunyodkor” jamoasi murabbiyi Sergey Arslonov vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

“Arsenal” Billi Vigar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing