“Arsenal” APLda standart vaziyatlardan gol urish bo‘yicha rekord o‘rnatdi
Sport
−
02 mart 933 2 daqiqa
Kecha, 1 mart kuni “Arsenal” Premer-liganing 28-turida “Chelsi”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. O‘yin davomida ”Arsenal” standart vaziyatlardan ikki bor gol urib, rekord natijani qayd etdi. Bu haqda “Sporting News” nashri xabar berdi.
Uchrashuvning 21-daqiqasida hisob ochildi. Bukayo Sakaning burchak zarbasidan yo‘llagan uzatmasidan so‘ng Gabriel Magalyaes to‘pni bosh bilan jarima maydoniga yo‘naltirdi. Himoyadagi tartibsizlikdan keyin to‘p Vilyam Salibaga kelib tushdi. Uning zarbasi Mamadu Sarrga tegib, darvozadan joy oldi. Gol Saliba nomiga yozildi.
Ikkinchi bo‘limning 66-daqiqasida mezbonlar yana bir standart vaziyatdan unumli foydalanishdi. Deklan Raysning burchak zarbasidan keyin darvozabon Robert Sanches xatoga yo‘l qo‘ydi va Yurriyen Timber yuzaga kelgan imkoniyatni golga aylantirdi.
Shu tariqa, londonliklar joriy mavsumda standart vaziyatlardan urgan gollari sonini 16 taga yetkazdi va Premer-liga rekordiga tenglashdi. Avvalroq bu natijani 1992-1993 yilgi mavsumda “Oldem Atletik”, 2016-2017 yilgi mavsumda “Vest Bromvich Albion” hamda 2023-2024 yilgi mavsumda yana “Arsenal” qayd etgan edi.
Ma’lumot uchun, oldinda yana 10 ta tur bo‘lib “to‘pchilar”da ushbu natijani yaxshilash uchun yaxshi imkoniyat bor. Ular hozirda 64 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. Unda keyingi o‘rinda 59 ochko bilan “Manchester Citi” egallab turibdi.
Live
Barchasi