Aroqchi Putinning huzuriga bordi (video)
Olam
−
09:05 4324 1 daqiqa
Bugun, 27 aprel kuni Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga bordi. Bu haqda IRNA xabar berdi.
Qayd etilishicha, Eron Tashqi ishlar vaziri ertalab Rossiyaga borgan bo‘lib, u Vladimir Putin bilan uchrashib, muzokaralar o‘tkazadi.
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, Aroqchi “Minob 168” deb nomlangan samolyotda uchib borgan. Ushbu nom AQSH va Isroil zarbasi oqibatida halok bo‘lgan Minob maktabi o‘quvchilari xotirasiga qo‘yilgan.
Avvalroq, Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Aroqchining tashrifi va uning Putin bilan uchrashuvi rejalashtirilganini tasdiqlagan edi.
Shuningdek, Eronning Moskvadagi elchisi Kozim Jaloliy uchrashuv aynan Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralarda tomonlar o‘zaro hamkorlikni muvofiqlashtirish hamda mintaqaviy va xalqaro darajadagi qo‘shma dasturlarni ilgari surish masalalarini muhokama qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘zining maxsus vakili Stiv Uitkoff va kuyovi Jared Kushnerning Pokistonga safarini bekor qilishga qaror qilgani haqida xabar berilgan edi. Shu sababli Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi AQSH delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazmasdan Pokistonni tark etgan.
Live
Barchasi