“Arqadag‘” ertaga O‘zbekistonga keladi
Jamiyat
−
22 aprel 5633 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov 23-24 aprel kunlari tashrif bilan Samarqand shahrida bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bo‘lajak muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, siyosiy, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalarda kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashiladi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 21 aprel kuni Gurbanguli Berdimuhamedov Qozog‘istonga borgandi. Turkiston aeroportida oliy martabali mehmonni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev kutib oldi. Ular birgalikda turkiy dunyoning eng buyuk ma’naviy, tarixiy va madaniy qadamjolaridan biri – UNESCO'ning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Xo‘ja Ahmad Yassaviy maqbarasini ziyorat qildi. Bugun, 22 aprel kuni Qosim-Jomart To‘qayev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Gaz sohasida hamkorlikni kengaytirish, xususan, Qozog‘istonning xorijiy hamkorlar bilan birgalikda Galkinish konini o‘zlashtirish loyihasida ishtirok etishiga alohida e’tibor qaratildi.
Shundan so‘ng Turkman xalqining milliy yetakchisi Qirg‘izistoning Issiqko‘l viloyatiga bordi. Uni aeroportda Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov kutib oldi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr