Argentinaga finalda Folklend bayrog‘ini ko‘tarishga ruxsat berildi – OAV

Sport

image

Argentina terma jamoasi FIFA va AQSH Oq uyidan Folklend (Malvinas) orollari bayrog‘ini yana bir bor ko‘tarish uchun ruxsat oldi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, ushbu ruxsat Argentina terma jamoasi bugun, 19 iyul kuni Ispaniyaga qarshi 2026 yilgi Jahon chempionati finalida g‘alaba qozongan taqdirda amal qiladi.

Qayd etilishicha, joriy mundialda argentinalik futbolchilar Angliyaga qarshi yarim finaldan keyin ilk bor “Las Malvinas son Argentinas” (“Malvinas orollari Argentinaga tegishli”) degan yozuv tushirilgan bannerni namoyish etgan. O‘sha bahs Argentinaning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan edi.

Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tmoqda. Argentina amaldagi jahon chempioni hisoblanadi. Argentinaliklar 2022 yil Qatarda bo‘lib o‘tgan mundial finalida Fransiya bilan asosiy va qo‘shimcha vaqtda 3:3 hisobida durang o‘ynab, penaltilar seriyasida 4:2 hisobida g‘alaba qozongan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing