Anqaradagi Turkiya IIV binosiga terrorchilar hujum qildi (video)
Olam
−
01 Oktabr 2023 15084 1 daqiqa
Anqaradagi Turkiya Ichki ishlar vazirligining Xavfsizlik bosh boshqarmasida terakt sodir etishga urinish bo‘ldi. Bu haqda “Haberler.com” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ikki erkak mashinada bino oldiga borgan. Ulardan biri o‘zini portlatib yuborgan, ikkinchi terrorchi otib o‘ldirilgan. Yong‘in paytida ikki nafar politsiyachi yengil tan jarohati olgan.
Terrorchilarning mashinasi maxsus kuchlar va sapyorlar tomonidan sinchiklab tekshirilmoqda.
Ayni damda voqea sodir bo‘lgan Otaturk bulvari bo‘ylab harakat to‘sib qo‘yilgan, voqea joyiga ko‘plab politsiya mashinalari va tez yordam mashinalari yetib kelgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025