Anqara G‘azoda sulhga rioya etilishini diqqat bilan kuzatadi – Erdo‘g‘an

Olam

image
G‘azo tinchlik rejasini ko‘z yoshlar bilan qarshiladi (foto, video) north_east

G‘azo tinchlik rejasini ko‘z yoshlar bilan qarshiladi (foto, video)

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an HAMAS harakati va Isroil o‘rtasida G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha erishilgan kelishuvni mamnuniyat qabul qilganini aytdi va ushbu sulh shartlariga qat’iy rioya etilishini diqqat bilan kuzatishini bildirdi. Bu haqda Erdo‘g‘an devoni tomonidan e’lon qilingan rasmiy murojaatda so‘z boradi.

“Turkiya o‘z hissasini qo‘shgan Sharm al-Shayxdagi HAMAS va Isroil muzokaralarining muvaffaqiyatli yakunlanganini chin dildan olqishlayman va G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha sulhga erishilganiga katta mamnuniyat izhor etaman”, deydi Turkiya yetakchisi.

Erdo‘g‘an Anqara ushbu sulh shartlariga qat’iy rioya etilishini diqqat bilan kuzatishda va bu jarayonga o‘z hissasini qo‘shishda davom etishini ma’lum qilgan.

“Isroil hukumatini o‘t ochishni to‘xtatishga undovchi siyosiy irodani namoyon etgan AQSH Prezidenti Donald Trampga, shuningdek, Qatarga va Misrga alohida minnatdorlik bildiraman”, deydi Erdo‘g‘an.

Qayd etish joiz, bungacha AQSH Prezidenti Donald Tramp Isroil va Falastinning HAMAS harakati G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish rejasining birinchi bosqichi bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qilgan edi.

Kelishuvga ko‘ra, asirlar eng qisqa muddatda ozod etiladi, Isroil qurolli kuchlari esa oldindan belgilangan chiziqqacha orqaga chekinadi.

“Men katta faxr bilan shuni ma’lum qilamanki, Isroil va HAMAS tinchlik rejamizning birinchi bosqichini ma’qulladi”, deydi Tramp.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Isroil va HAMAS o‘rtasida tinchlik rejasining birinchi bosqichi imzolanganiga munosabat bildirib, G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va garovdagilarni ozod etish bo‘yicha erishilgan kelishuvni qo‘llab-quvvatlagani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Isroil sulh G'azo HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing