Angrenda ikki kishi dara ustidagi ziplaynda to‘qnashib ketdi (video)
3-sahifa
−
14 may 16050 1 daqiqa
Bugun, 14 may kuni Toshkent viloyatining Angren tumani hududida joylashgan ziplaynda uchayotgan 2 kishi to‘qnashib ketdi. Mazkur holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumot berdi.
Tekshiruv jarayonida ma’lum bo‘lishicha, mazkur attraksion tegishli tashkilotlarning hech qanday ruxsat beruvchi hujjatlarisiz, noqonuniy faoliyat yuritib kelgan. Hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari hamda boshqa daxldor idoralar vakillari yetib borgan.
Ishchi guruh xulosasiga ko‘ra, ushbu ziplayn demontaj qilinib, attraksion faoliyatini tashkil etgan fuqarolarga nisbatan jarima qo‘llanilgan. Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.
“Fursatdan foydalanib, FVV mutaxassislari fuqarolarni tegishli davlat idoralaridan rasmiy ruxsat olmasdan, noqonuniy faoliyat olib borayotgan attraksionlarda uchmaslikka chaqiradi. Hurmatli fuqarolar, noqonuniy faoliyat olib borayotgan attraksionlardan foydalanish orqali o‘z hayotingizni xavf ostiga qo‘yayotganingizni unutmang”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Qamchiq” dovonida 16 yoshli qiz ziplayndan tushib ketib, og‘ir jarohat olgan edi.
Live
Barchasi