Angliyaga jo‘natishni va’da qilib, mo‘maygina pul undirgan shaxs ushlandi
Jamiyat
−
02 fevral 2024 4271 1 daqiqa
Samarqand va Jizzaxda chet elga ishga yuborishini aytib, odamlarni chuv tushirgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh Prokuratura departamenti xabar berdi.
Departamentning Bulung‘ur tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro L.S. yetti nafar fuqaroning ishonchiga kirib, Angliyaga ishga yuborishini aytib ulardan 13 800 dollar, 510 yevro va 6,8 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.
Departament hamda DXX Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.I. uch nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Polsha davlatiga ishga yuborishi evaziga 900 dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq fuqaroni Meksika orqali AQSHga yubormoqchi bo‘lganlar ushlangandi.
Live
Barchasi